Akademiya tayanch doktoranti xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs tayanch doktoranti Yuliya Tairova Turkiyaning Baygenç Yayıncılık nashriyoti (Alaniya shahri) tomonidan taqdim etilgan “Ishtirok etish sertifikati” (Katılım Belgesi) bilan taqdirlandi.

Uning “Madaniyatlararo almashinuvda raqsning o‘rni: zamonaviy dunyoda Qashqadaryo madaniy merosi” mavzusidagi ilmiy maqolasi “Ziyo istagan ziyolilar” nomli xalqaro to‘plamga kiritildi. Mazkur to‘plam O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi madaniy hamda adabiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan loyiha doirasida chop etilgan.

Alfaraganus Universityda bo‘lib o‘tgan to‘plam taqdimoti Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda “AFU pharm infinity” klubi hamkorligida tashkil etildi.

Ushbu tadbir ikki mamlakat yoshlarini birlashtirib, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigiga aylandi hamda xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlashning yorqin namunasi bo‘ldi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan