Bir piyola choy ustida davra suhbati

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Talabalar turar joyida joriy yilning 16-oktabr kuni “San’atshunoslik” yo‘nalishida tahsil olayotgan 1–2-bosqich talabalari билан davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i D.Do‘sjаnova, Magistratura bo‘limi boshlig‘i K.Sadullayeva va Talabalar amaliyoti bo‘limining bosh mutaxassisi E.Sayfullinalar tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbati yanada samimiy va ko’tarinki ruhda o’tishi uchun talabalar bilan milliy taomimiz bo’lgan osh tayyorlandi.

Iliq va do’stona muhitda kechgan davra suhbatida shuningdek, akademiyani a’lo baholar bilan tamomlagan va hozirda “Bahor” davlat raqs ansamblida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan talabamiz O‘roqov Zoir ham ishtirok etib, talabalar bilan o‘z kasbiy faoliyati, bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan