Mukofot muborak

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 4-bosqich talabasi hamda Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri balet artisti Abdugappor Kuchkarov joriy yilning 6-12 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida bo’lib o’tgan “Молодой балет мира” Yuriy Grigorovichning X Xalqaro tanlovida faxrli 3-o’rin g’olibi bo’ldi. Akademiya jamoasi nomidan samimiy muborakbod etib, talabamizga kelgusidagi faoliyatida ijodiy parvozlar, yangi g‘alabalar va ulkan zafarlar tilaymiz!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan