Bugun, 30-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari“ kafedrasi professori hamda Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, O‘zbekiston xalq artisti Sultanova Rushana Ramilovna shuningdek, “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi “Zamonaviy raqs” yo‘nalishi o‘qituvchisi, “Oliy ta’lim a’lochisi”, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonlari sohibi Boreyko Alevtina Aleksandrovna Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahar Madaniyat boshqarmasi ko‘magida bo‘lib o‘tgan Xalqaro ko‘p janrli “Fortuna Multigenre Festival” festivalida hay’at a’zolari sifatida ishtirok etdilar.

