Bugun, 3-noyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan “Kiberjinoyatchilik, firibgarlik va xavfsizlik choralarini ko‘rish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda akademiya Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Nargiza Alimova, Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son IIB profilaktika katta inspektori Go’zal Matisakova, shuningdek, Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarning oldini olish bo‘limi katta inspektori, katta leytenant A.Quvondiqovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talaba-yoshlarga kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi hamda qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.





