O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Talabalar xavfsizligi kuni” munosabati bilan navbatdagi huquqbuzarliklarning oldini olish va talabalar huquqiy ongi hamda madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 14-sentyabrdagi «Ta’lim to’g’risida»gi O’RQ-637-son va 2014 yil 14-maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida»gi O’RQ-371- son qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4-martdagi «Oliy talim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash bo’yicha ustuvor vazifalarni belgilash tugrisida»gi 19-son hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022 yil 14-martdagi «Talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini taminlash, talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari tugrisida»gi 1-son majlis bayoni ijrosini taminlash maksadida, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida 2024-yil 25-martdagi 06/12-sonli Qo‘shma qaror talablaridan kelib chiqib Oliy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklarning profilaktikasi amalga oshirilmoqda.





