Akademiyada “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida huquqiy tadbir o‘tkazildi

O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 14-sentyabrdagi «Ta’lim to’g’risida»gi O’RQ-637-son va 2014 yil 14-maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida»gi O’RQ-371- son qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4-martdagi «Oliy talim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash bo’yicha ustuvor vazifalarni belgilash tugrisida»gi 19-son hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022 yil 14-martdagi «Talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini taminlash, talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari tugrisida»gi 1-son majlis bayoni ijrosini taminlash maksadida, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida 2024-yil 25-martdagi 06/12-sonli Qo‘shma qaror talablaridan kelib chiqib Oliy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklarning profilaktikasi amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 14-noyabr kuni “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida mas’ul Yakkasaroy tuman IIO FMB 3-son IIB profilaktika katta inspektori, katta leytenant G.Matisakova tomonidan talabalar uchun internetdan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kibermadaniyatni rivojlantirish bo‘yicha huquqiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yakkasaroy tumani IIO FMB HPB ATSJOOB inspektori, katta leytenant B.U.Tangirov, Yakkasaroy tuman Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnik F.Samatovalar qatnashib, talabalarga mavzu yuzasidan muhim tavsiyalar berdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan