Xalqaro aloqalar

Joriy yilning 13-14-noyabr kunlari O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani, dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mexrinisa Xolmuradova va O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’I Dilafro’z Dosjanovalar xizmat safari bilan Xalqaro TOP-300 talik reytingidan joy olgan Qozog’iston Respublikasining Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universitetida bo‘ldilar.

Safar davomida universitetning o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishib, o’zaro tajriba almashdilar, shuningdek, M.Xolmuradova tomonidan “Xoreografiya pedagogikasi”, “Drama teatri rejissyorligi” ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “O‘zbek tilining kelib chiqish tarixi” va “Buyuk allomalarimiz” mavzularida ochiq ma’ruza o‘tkazildi.

Mazkur tashrif doirasida talabalarga O‘zDXA tarixi, uning faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berilib, akademiyada o‘qish istagi bor talabalarga o‘qishni akademiyada davom ettirishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o’tildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan