O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi 207-son “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida bugun, 18-dekabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari uchun huquqiy targ’ibot suhbati o’tkazildi.
Huquqiy targ’ibot suhbati Yakkasaroy tumani IIO FMB XPB 3-son IIB HPB OTM PKI katta leytenant G.T.Matisakova hamda Yakkasaroy tumani IIO FMB HPB ATSJOOB mas’ullari A.To‘raqulov, A.Quvondiqov, A.Mamayusupov va O.Sayakovlar hamkorligida o’tkazildi.
Tadbirda talabalarga giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning salbiy oqibatlari, huquqiy javobgarlik, shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilayotgan noqonuniy takliflar hamda firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lish zarurligi tushuntirildi. Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya etish va huquqbuzarliklarga befarq bo‘lmaslikka chaqirildi.




