Joriy yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida akademiya rektori Sh.M.To‘xtasimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.S.Jumayev hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.K.Qosimov ishtirokida “Xoreografiya san’ati va xoreografiya” hamda “San’at nazariyasi va tarixi” mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda magistratura bosqichidagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Akademiya rahbariyati tomonidan ta’lim sifati, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan murojaat qilib, ularga batafsil va asosli javoblar oldilar. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, talaba va rahbariyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.


