Yillar sarhisobi — san’at, fidoyilik va ustozlik yo‘li

Yillar sarhisobi — san’at, fidoyilik va ustozlik yo‘li

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida rektor, tajribali pedagog, fidoyi rahbar — Toxtasimov Shuxrat Maxmutovichning 65 yillik yubileyi munosabati bilan “San’at mening hayotim” nomli ijodiy kecha bo’lib o’tdi.

Tadbirda milliy san’at va ilmiy jamoatchilikning nufuzli vakillari, jumladan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Turon” Fanlar akademiyasi akademigi Hamid Qahramon, O‘zbekiston xalq artistlari Bernora Qoriyova va Qodir Mo‘minov, shuningdek, akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.

 Ijodiy kechada ustozning 45 yillik samarali mehnat faoliyati, yuksak mas’uliyat va yorqin ijod namunasi bilan o‘zbek xoreografiya san’atiga, 2012-yildan buyon O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga rahbarlik qilib, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.

Tadbirning yana bir quvonchli va faxrli lahzalaridan biri — Shuxrat Toxtasimovning turkiy tilli xalqlar tarixi, milliy qadriyatlari va madaniyatini targ‘ib etishdagi xizmatlari uchun Qozog‘iston Respublikasining «Дуние таланттары» (“Dunyo talantlary”) uyushmasi tomonidan “Ahmad Yassaviy” medali bilan taqdirlangani bo‘ldi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan