Xalqaro aloqa

Joriy yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Turkiya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida madaniyat va xoreografiya san’ati sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari hamda istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida mehmonlar o‘zbek raqsi fanidan o‘tkazilgan davlat imtihonida ishtirok etib, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasi hamda milliy xoreografiya maktabining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan