Abdulla Qahhor uy-muzeyiga ijodiy sayohat

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “San’atshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari ustozlari “Jurnalistika fani asoslari” o’qituvchisi To‘maris Butunbayeva hamrohligida atoqli adib, o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Abdulla Qahhor uy-muzeyida bo’lib, yozuvchining hayoti va ijod yo‘li, adabiy merosi hamda o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi muhim o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 Talabalar shuningdek, muzeyning ilmiy xodimi tomonidan tashkil etilgan mazmunli ekskursiya davomida adib faoliyatiga oid noyob manbalar, tarixiy ashyolar va hujjatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bu kabi ijodiy sayohatlar talaba-yoshlarda milliy adabiyot va madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga, ularning kasbiy va ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan