“ZIYOLI AVLOD” xalqaro ijodiy tashkiloti tomonidan yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, tasviriy va amaliy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida 6-7-fevral kunlari “SEHRLI RANGLAR” nomli Respublika yosh ijodkorlar tanlovi e’lon qilinadi. Tanlov an’anaviy (oflayn) shaklda o‘tkaziladi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, shuningdek, yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etishga qaratilgan davlat siyosati asosida tashkil etiladi.
Tanlov ishtirokchilari:
• bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari;
• ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari;
• umumta’lim maktablari o‘quvchilari;
• Barkamol avlod bolalar maktablari;
• madaniyat markazlari to‘garak a’zolari;
• oliy ta’lim muassasalari talabalari.
Tanlov yo‘nalishlari (nominatsiyalar):
• Dastgohli rangtasvir
• Dastgohli grafika
• Miniatyura
• Haykaltaroshlik
• Amaliy san’at (badiiy naqqoshlik)
• Dizayn (libos va gazlamalar)
• Dizayn (reklama va amaliy grafika)
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish:
• Telegram kanali: @ijodiy_tanlovlar
• Ariza topshirish: @tanlov_2025_admin
• Murojaat uchun telefon: +998 88 851 60 60
Iqtidor va ijod sari yana bir muhim qadamni tashlang!