Akademiya rektori Shuxrat To‘xtasimov talabalarining yashash sharoitlarini o‘rgandi

Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat To‘xtasimov akademiya talabalarining yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Talabalar turar joyini nazorat qildi.

Mazkur tashrif davomida talabalarning turar joylari ko‘zdan kechirilib, yashash uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik talablari hamda o‘quv jarayoniga qulaylik darajasi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik ehtiyojlari, muammolari va takliflari tinglandi.

Bu kabi nazorat tadbirlari akademiya talabalarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi, ularning qulay va xavfsiz muhitda ta’lim olishini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarning navbatdagi amaliy bosqichi hisoblanadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan