Milliy raqs: tajriba, mahorat va an’ana

Joriy yilning 27-yanvar kuni, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jalilova Shirin Shuxratovna tomonidan Buxoro shahar 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “O‘zbek raqsi” bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida o‘zbek milliy raqsining jozibasi, tarixiy ildizlari va uni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, xoreografiya yo‘nalishi mutaxassislari uchun amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi.

Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ijodiy uchrashuvlar va hamkorlik aloqalari o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan