Vazirlik tasarrufidagi akademiyaning diplomi Xitoyda tan olindi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida tahsil olgan xitoylik talabaning diplomi Xitoy Xalq Respublikasi yoshlarining ta’lim olishi uchun maqbul bo‘lgan O‘zbekistondagi 29-oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida e’tirof etilib, tan olindi.

Gap shundagi, 2023-2025-yillar davomida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Xoreografiya jamoalarini boshqarish” yo’nalishi magistratura bosqichida tahsil olgan Aerken Sulaiya ikki yillik ta’lim jarayonlaridan so‘ng, o‘z yurti Xitoyga qaytadi va tahsil olgan sohasi bo‘yicha mehnat faoliyatini boshlash oldidan Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligining Ilmiy almashinuv xizmatlar markazi tomonidan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining davlat namunasidagi diplomi tan olinib, mehnat faoliyatini boshlash uchun ruxsat beriladi.

Bu albatta madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim muassasalarining xalqaro doiradagi o‘rnini mustahkamlabgina qolmay, kelgusida professor-o‘qituvchi va talabalarning turli xildagi xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etishlari uchun hamda hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish orqali mashg‘ulotlar mazmunini jahon tajribasi asosida yanada takomillashtirishga zamin yaratadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, akademiyada ayni kunlarda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Ukraina, Rossiya davlatlarining 10 nafarga yaqin yoshlari tahsil olmoqda.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan