Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida mahorat darsi!

Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida O‘zbekiston Davlat Xoreografiya akademiyasi dotsenti, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Saidova Erkinoy Yakubovna ishtirokida yuksak darajadagi mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur darsga viloyatimizdagi Bolalar musiqa va san’at maktablarining Xoreografiya yo‘nalishi o‘qituvchilari taklif etildi.

Mahorat darsi davomida Erkinoy Saidova tomonidan Xalq raqsi yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning ijrodagi yutuqlari va kamchiliklari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi, bu esa o‘qituvchilar uchun katta tajriba maktabiga aylandi.

Ushbu mahorat darsi nafaqat o‘quvchilarning ijro mahoratini oshirishga, balki ustoz va murabbiylarning tajriba almashishiga ham xizmat qildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan