Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida kuni kecha, 2-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga Xitoy Xalq Respublikasining bir guruh delegatsiya a’zolari tanishish uchun tashrif buyurdi.
🇨🇳 Delegatsiya tarkibiga Chjantszyazse kolleji rektori, professor Tszyan Debin; Xalqaro aloqalar instituti direktori Bu Ayxua; Chjantzyatze filarmonik orkestri bosh direktori Lo Yun; Xitoy Simfonik musiqa taraqqiyoti jamg‘armasi maslahatchisi, Shanxay xalqaro madaniy aloqalar assotsiatsiyasi a’zosi, Chjantzyatze universitetining taklif etilgan professori Chjen Tzyango, shuningdek tarjimon — “Skripka” mutaxassisligi bo‘yicha magistrant Nadiya kirdi.
Tashrif davomida mehmonlar Akademiya faoliyati, kadrlar tayyorlash tizimi, o‘quv-uslubiy baza hamda xoreografiya san’ati sohasidagi ta’lim va ijodiy jarayonning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishdilar.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida tomonlar akademik almashinuv, qo‘shma ta’limiy va ijodiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalarini o‘z ichiga olgan holda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.









