Kuni kecha, 3-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs talabalari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, tyutor M.Jurayeva hamda Yakkasaroy tumani IIO FMB HPB 3-son IIB HPB OTM PKI katta leytenanti G.Matisakova hamrohligida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyida bo’ldilar.
♾ Muzey tomoshasi davomida talabalar XX asrning fojeali davrlariga oid hujjatlar, arxiv materiallari va noyob eksponatlar bilan tanishib, qatag‘on siyosati qurbonlarining hayoti va faoliyati haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzey ekspozitsiyalari orqali millatimiz boshidan kechirgan sinovli yillar, ajdodlarimizning jasorati va matonati haqida chuqur tasavvur hosil qildilar.





