Joriy yilning 2-fevral kuni Jizzax shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Saitova Erkinoy Yakubovna tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga Farg‘ona raqs maktabiga xos qo‘l va oyoq holatlari, harakatlar texnikasi hamda ularning sahnaviy ifodasi bo‘yicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi. Mahorat darsi o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish va milliy raqs san’atiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.





