О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2025/2026-о‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalariga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tо‘g‘risida” 2026-yil 2-fevraldagi 34-son buyrug’iga muvofiq, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Nomonova Dilyoraxon Otabek qizi “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi”ga sazovor bо‘ldi.
Ilmiy rahbar: O’zDXA «O‘zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya» kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), professor v.b. Murodova Matluba Shukurovna
Akademiya jamoasi nomidan D.Nomonovani samimiy qutlab, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!