Kuni kecha О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi mas’ullari tomonidan akademiyada faoliyat yuritayotgan professor-о‘qituvchilar uchun «Sun’iy intellekt orqali o’quv jarayonini tashkil etish» mavzusida o’quv seminar tashkil etildi.
Mazkur o’quv seminariga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat inistitutining “Axborot-texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, Tillashayxova Maqsuda Abdusattarovna taklif etildi. Bo‘lib o‘tgan seminar davomida mutaxassis tomonidan sun’iy intelektning bugungi kun ta’lim jarayonidagi afzalliklari xususida bir qator ma’lumotlar berildi.





