Hurmat va empatiyaga asoslangan muloqot

Bugun, 10-fevral kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi psixologi Ra’no Xolmatova tomonidan sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Erkaklar va ayollar: mojarolar o‘rniga tushunish” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida erkaklar va ayollarning psixologik hamda xulq-atvorga oid farqlari, emotsional reaksiyalar va stressli vaziyatlardagi muloqot xususiyatlari yoritildi. Farqlar kamchilik emas, balki dunyoni turlicha idrok etish shakli ekani tushuntirildi.

Interaktiv mashqlar va muhokamalar ishtirokchilarda o‘zaro tushunishni kuchaytirib, empatiya va hurmatga asoslangan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan