Bugun, 11-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 17.00.09 – “Xoreografiya san’ati” ixtisosligi bo’yicha Shaxnoza Samandarovaning “Xorazm xalq raqslari va uning sahnaviy talqini muammolari» mavzusidagi dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy seminar o‘tkazildi.
Seminarda tadqiqot ishining bajarilishi muhokama etilib, kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.





