Ma’rifiy davra suhbati

Bugun, 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2025-yil 30-noyabrdagi topshiriq xati bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Ekstremizm va terrorizm — jaholatga yetaklovchi illat” mavzusida talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Yakkasaroy tumani IIO FMB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili B.Xalilov hamda Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son IIB HPB OTM PKI katta leytenanti G.Matisakova ishtirok etib, talabalarga vatanparvarlik, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va huquqiy madaniyat masalalari yuzasidan tushunchalar berib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar.

Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari va akademiyaning Ma’naviyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilayotgan bunday ma’rifiy uchrashuvlar talaba-yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarash, mehr-oqibat va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan