She SCIENCE 2026: Ilmiy hamkorlik va gender tenglik sari 11-fevral — Xalqaro ilm-fandagi ayollar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida “She SCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olimalari xalqaro forumi tashkil etildi.
Anjumanni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ngratbay Sharipov, Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov ochib berdi.
Mazkur forumda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bo‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shaxzoda Xudoynazarova ishtirok etdi.
♾Forum Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Osiyo taraqqiyot banki hamda TWAS — Jahon fanlar akademiyasi hamkorligida o‘tkazildi.


