Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) miqyosida birinchi marotaba “Scientific Publication” ilmiy matbuot markazi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy ishlar tanlovida ilm-fan hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi uchun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna “Vatanga sodiq inson” nominatsiyasi g‘olibi sifatida e’tirof etilib, esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Akademiya jamoasi nomidan Aydin Yeshimbetovani ushbu mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

