UCHINCHI RENESSANS BUNYODKORLARI

Bugungi kun yoshlariga barcha havas ila boqayotgani, ich-ichidan shoir Hamid G‘ulomning “Oh, sening yoshliging menda bо‘lsaydi” degan satrlari о‘tayotgan bо‘lsa ajab emas. Zotan, kelajak aynan yoshlar qо‘lida ekani, Yangi О‘zbekiston tarixini ular yozayotgani Davlatimiz rahbarining Yoshlar bilan navbatdagi muloqoti yaqqol namuna bо‘ldi. Uchrashuvda yillar davomida yaratilgan imkoniyatlar natijasida yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qо‘lga kiritgani, Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi nufuzli oliygohlarda tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikdagi oliygohlarda о‘qiyotgan yigit-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshgani alohida ta’kidlandi. Yoshlarimiz tomonidan yaratilgan 63 ta startap loyihasi AQSH, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari bozorlariga kirib borgani, yosh sportchilarimiz esa xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 takumush, 854 ta bronza medalining sohibi bо‘lgani Davlatimiz rahbari g‘urur bilan tilga olarkan, uchrashuvda о‘tirgan yigit-qizlarimiz о‘z nomlarini faxr bilan tinglashardi. Shu nuqtai nazardan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida tahsil olayotgan talabalar dunyoning bir qator mamlakatlarida bо‘lib о‘tgan raqs hamda ilmiy maqolalar tanlovlarida ishtirok etib gran pri va turli о‘rinlarda g‘olib bо‘lishdi. Xususan, xoreografiya san’atiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borilib, bir qator tadqiqotchilar PhD, DSc ilmiy darajasiga ega bо‘lishdi. Bu esa Davlatimiz rahbarining “О‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish— uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda”, degan sо‘zlari bugun ilm-fan sohasidagi о‘zgarishlarda о‘z aksini topmoqda. Shuningdek, 2022-yildan buyon har ikki yilda “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bо‘lib о‘tayotgani esa Prezidentimizning madaniyat va san’at sohasiga ham alohida e’tibor qaratib, uning rivojini sifat jihatidan yangi bosqichga kо‘tarish yо‘lida qator tizimli islohotlari natijasidir. Bu esa san’at va madaniyat ahlining milliy madaniyatimizning yanada ravnaq topishi uchun fidokorona xizmat qilishga turtki bо‘ladi. Yig‘ilishda yosh oilalarni qо‘llab-quvvatlash, kitobxonlikni ommalashtirish masalalari ham kо‘tarildi. “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma berib, bir yil davomida oyiga 20 million sо‘mdan haq tо‘lash, eng sara xorijiy adabiyotlarni о‘zbek tiliga hamda milliy adabiyotni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmini qoplash belgilandi. Yangi о‘quv yiliga qadar eng yaxshi 100 ta asardan iborat tо‘plamni tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish, eng faol kitobxon о‘quvchilarni 10 million sо‘mdan mukofotlash vazifasi qо‘yildi. Kutubxona, “book kafe” va kitob dо‘koni ochib, oyiga 10 ming donadan ortiq kitob sotuvini yо‘lga qо‘ygan tadbirkorlarga 3 yilga 1 milliard sо‘mgacha 7 foizli ssuda berish mexanizmi nazarda tutildi. Ushbu sa’y-harakat milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz ravnaqida katta siljishlarning debochasi bо‘lishiga ishonamiz. Bu о‘rinda xorij tajribasini о‘rganish, yoshlar о‘rtasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani о‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga talabni о‘rganish kabi masalalarning kо‘tarilgani g‘oyatda tahsinga loyiqdir. Haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanib, mazkur kunda yigit-qizlarimizning ta’lim olishi, kasb va til о‘rganishiga doir tadbirlar tashkil etiladi. Eng yaxshi startapchi, ijodkor, kitobxon yoshlar о‘rtasida tanlovlar о‘tkazish rejalashtirilgan. Xorijiy til sertifikatiga ega talabalarni qо‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish ishlari yangi bosqichga olib chiqiladi. Startap va ilmiy loyihalarni moliyaviy qо‘llab-quvvatlash mexanizmi takomillashtiriladi. Mazkur tashabbuslar yoshlarning salohiyatini tо‘liq rо‘yobga chiqarish, ularni bilimli, tashabbuskor mutaxassislar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
 
Shuhrat TOXTASIMOV,
О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan