Kelajak soati

Bugun, 27-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida o‘tkazilgan “Kelajak soati” mashg‘uloti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Alimova Nargiza Sagdullayevna tomonidan olib borildi.

“Bir yaxshilik haqida” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu uchrashuv talaba-yoshlar qalbida insoniylik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratildi. Mashg‘ulot davomida ezgu amalning jamiyat hayotidagi o‘rni, kichik yaxshilikning katta ma’naviy ta’siri hamda har bir insonning atrofdagilar hayotiga ijobiy hissa qo‘shishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbir samimiy muloqot va ochiq fikr almashuv ruhida o‘tib, yoshlarni ezgu amallar sari undovchi ma’naviy saboq vazifasini o‘tadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan