Milliy raqs nafasi: mahorat va an’ana uyg‘unligi

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti Gulshod Abdiyeva hamda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. Shahzoda Xudoynazarova tomonidan joriy yilning 24-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari uchun “O‘zbek raqsi” maktablari yo‘nalishida mahorat darslari o’tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘zbek milliy raqs san’atining maktablari va yo‘nalishlari, harakat texnikasi, sahnaviy madaniyat hamda ijro mahoratini shakllantirishga oid muhim tavsiyalar berildi. O‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarini boyitish, milliy raqs an’analarini chuqurroq anglash va ijodiy yondashuvni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur mahorat darslari yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy raqs merosini asrab-avaylash hamda uni professional bosqichga olib chiqishga xizmat qiluvchi muhim amaliy tashabbus bo‘ldi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan