“Ijod maskani” doirasida navbatdagi mahorat saboqlari

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 26-sentyabrdagi “Ijod maskani” turkum tadbirlari hamda “Mahorat darslari”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 456-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 3-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon viloyati Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabida navbatdagi mahorat darslari tashkil etildi.

Jumladan, “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti Komarova Olga Konstantinovna “Xalq sahna-raqsini o‘rganish uslubiyoti” fani bo‘yicha amaliy va nazariy mashg‘ulot olib bordi.

Shuningdek, stajor-o‘qituvchi Qodirova Aziza Xabibulloyevna “Klassik raqsni o‘rganish uslubiyoti” fani doirasida o‘quvchilarga mahorat saboqlarini taqdim etdi.

Mahorat darslari davomida ishtirokchilarga sahna madaniyati, ijro texnikasi, metodik yondashuvlar hamda pedagogik tajriba almashinuvi yuzasidan atroflicha tavsiyalar berildi. Tadbir ijodiy muloqot va professional tajriba almashish ruhida o‘tdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan