O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi mas’ullari hamda akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yakkasaroy tumani Kengashi raisi Shaxnoza Sharipova ishtirok etib, partiyaning maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi tashabbuslar haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti Erkinoy Saitova, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Shahrizoda Xudoynazarova, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limi muhandisi Hamidjon Ro‘ziboyev hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining yoshlar yetakchisi Jamshidbek Mirsoliyev O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
Tadbir so‘ngida partiyaning yangi a’zolariga a’zolik guvohnomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.


