Talabalar yashash sharoitlari va xavfsizligi — doimiy nazoratda
Bugun, 19-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuxrat Toxtasimov boshchiligida akademiya mas’ullari tomonidan ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Navbatdagi o‘rganish jarayonida talabalar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning turmush sharoiti, kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolari atroflicha tahlil qilindi.
Shu bilan birga, xonadonlarda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilib, gaz ta’minoti, isitish tizimlarining sozligi hamda yong‘in xavfsizligi holati (elektr jihozlari, isitish vositalari va boshqa omillar) batafsil ko‘zdan kechirildi.
Suhbat davomida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur nazorat ishlari talabalarning xavfsizligi va farovonligini ta’minlash, ular uchun munosib yashash va ta’lim olish muhitini yaratishga qaratilgan tizimli ishlarning muhim qismi hisoblanadi.








