Monografiya

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta о‘qituvchisi, filologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) Tо‘maris Butunbayevaning “Zamonaviy nazmiy diskursda individuallikni ta’minlovchi lisoniy vositalar(A’zam О‘ktam va Minhojiddin Mirzo she’riyati misolida)” nomli monografiyasi nashrdan chiqdi.
         
Mazkur monografiya о‘zbek poetik nutqi fondining tarkibiy qismi sanaladigan A’zam О‘ktam va Minhojiddin Mirzo she’riyatining о‘ziga xos poetik xususiyatlarini tahlil qilish orqali she’rning badiiyatini va shoir iste’dodini belgilovchi lisoniy asoslarni о‘rganish; fonetik va leksik sathdagi til birliklarining she’riy nutq individualligini ta’minlovchi badiiy-estetik voqelanishi omillarini belgilash; poetik kо‘chimlar va sintaktik figuralarning lingvistik asoslarini tadqiq qilish orqali ularning she’riy nutq individualligini ta’minlovchi tabiatini belgilash kabi yechimini kutayotgan masalalar yoritilgan.

Ushbu tadqiqotdan lingvopoetika sohasi bilan qiziquvchilar, filolog magistrant va bakalavrlar foydalanishlari mumkin.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan