Yoshlar bilan ochiq muloqot — taraqqiyot omili

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan akademiya rektori, professor Shuxrat Toxtasimov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr-mulohazalari hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida akademiya rahbariyati tomonidan talabalarining ta’lim jarayonidagi faolligi, erishayotgan hamda istiqboldagi maqsad va rejalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, o‘z yo‘nalishida yuqori natijalarga erishib kelayotgan, tashabbuskor va faol yoshlar alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, tadbir jarayonida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar atroflicha tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv yoshlar va rahbariyat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan samarali muloqotni mustahkamlash, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan