Joriy yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi birinchi prorektori Alimova Nargiza Sagdullayevna xizmat safari doirasida Qoraqalpog‘istonda joylashgan, Qoraqalpoq tili va adabiyotini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan Ibrayim Yusupov nomidagi davlat ijod maktab-internatida bo’lib, ta’lim muassasasida o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayonining sifati hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar bilan yaqindan tanishdi.
💠 Xizmat safari davomida maktabning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonini tashkil etish mexanizmlari va amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan suhbatlashildi, shuningdek, o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning erishgan yutuqlari, istiqboldagi rejalari va ustuvor maqsadlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil va asosli javoblar berildi.








