MUKARRAMA TURG‘UNBOYEVA NOMIDAGI STIPENDIYA UCHUN HUJJATLARNI QABUL QILISH BOSHLANDI!
О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 22-dekabr “Oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur о‘zbek ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish tо‘g‘risida”gi 422-son buyrug‘i asosida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi bо‘yicha tahsil olayotgan talaba-qizlar uchun “Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi maxsus stipendiya”ga tanlov e’lon qiladi.
Ushbu havola orqali tanlov nizomi bilan batafsil tanishishingiz mumkin –> nizom
Stipendiyaga talabgorlarning arizalari va tegishli hujjatlari 2026-yil 15-iyunga qadar qabul qilinadi.
Murojaat va hujjatlarni Shaxzoda Xudoynazarovaga yuborishingiz mumkin:
+998908215444
@tursunovna_sh