Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 1-maydagi 172-son buyrug‘iga muvofiq oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovda ining bakalavriat bosqichi talabalari иштирок этишлари мумкин.
Ko‘rik-tanlov quyidagi 4 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1-shart — “Insho yozish”
Ishtirokchilar belgilangan mavzular asosida o‘zbek tilida (zaruratga ko‘ra rus va ingliz tillarida) insho yozadilar.
2-shart — “Rasm chizish”
Mavzuga oid qo‘lda chizilgan ijodiy ishlar (A2 formatda) taqdim etiladi.
3-shart — “Qisqa videoroliklar”
Giyohvandlikka qarshi kurashish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi 1–3 daqiqalik videoroliklar namoyish etiladi.
4-shart — “Sahna ko‘rinishi”
Ijodiy sahna chiqishlari, miniatyuralar va inssenirovkalar taqdim etiladi.
Tanlov bosqichlari:
🔹 Oliy ta’lim tashkiloti bosqichi — may oyining birinchi o‘n kunligi
🔹 Hududiy bosqich — may oyining ikkinchi o‘n kunligi
🔹 Respublika bosqichi — iyun oyining birinchi o‘n kunligi
Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdorlarda taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — 200 000 000 so‘m
🥈2-o‘rin — 150 000 000 so‘m
🥉3-o‘rin — 100 000 000 so‘m
Tanlovda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda akademiyaning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limiga topshirishingiz mumkin.
Sog‘lom turmush tarzi tarafdori bo‘ling!
Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashaylik!
O‘z iqtidoringizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang