O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan iqtidorli va faol talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib, akademiya rahbariyati tomonidan yoshlarning ta’lim, san’at va ijod yo‘nalishlarida erishayotgan yutuqlari, xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari hamda jamoat ishlaridagi faolligi alohida e’tirof etildi.
Uchrashuvda 2026 yil 20–22 aprel kunlari Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi bazasida “Xalqaro raqs kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Yosh xoreograflar” xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak natijalarga erishgan bir guruh talabalar: Yablokova Zlata, Kalebleeva Samira, Miretskaya Vladislava, Ganieva Amina, Nurmanov Anvar munosib taqdirlandilar.






