“San’atga baxshida umr” — buyuk balerinalar xotirasiga ehtirom

Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida O‘zbekiston xalq artistlar Kamilova Halima Olimovnaning 100 yilligi hamda Mavayeva Gulnara Nizamovnaning 95 yilligiga bag‘ishlangan “San’atga baxshida umr” nomli madaniy-ma’rifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir milliy xoreografiya san’atini rivojlantirish, buyuk ustozlar merosini asrab-avaylash va ustoz-shogird an’analarini davom ettirish maqsadida tashkil etildi. Kechada san’at ahli, professor-o‘qituvchilar, ijodkorlar, talaba-yoshlar hamda xoreografiya ixlosmandlari jam bo‘ldi.

Halima Kamilova o‘zbek professional balet san’atining asoschilaridan biri sifatida milliy madaniyatimiz tarixida alohida o‘rin tutadi. Gulnara Mavayeva esa iste’dodli balerina va mohir pedagog sifatida ko‘plab yosh ijodkorlarning kamol topishiga ulkan hissa qo‘shgan.

Tadbir davomida ustoz san’atkorlarning sermazmun hayoti va boy ijodiy faoliyatini aks ettiruvchi arxiv videomateriallar namoyish etildi. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri solistlari, “Navbahor” ashula va raqs ansambli, “Yosh balet” ijodiy jamoasi hamda akademiya talabalari ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan