2025/2026 o‘quv yili bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini
kuchaytirish, oliy ta’lim tashkilotlari hamda ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratish orqali yoshlarning bandligini barvaqt ta’minlash maqsadida 2026-yil 14-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida qator ish beruvchi tashkilot va muassasalar hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Ochiq eshiklar kuni”, “Workshop”, “Mehnat yarmarkasi” (karyera kunlari) tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbirga ish beruvchi tashkilotlar о‘zlarida mavjud bо‘lgan bо‘sh ish о‘rinlari bilan ishtirok etib, akademiya talabalari bilan uch tomonlama shartnomalar tuzish orqali ularning kelgusidagi bandligini ta’minlash yuzasidan amaliy kelishuvlarga erishildi.
Bunday yarmarkalarini о‘tkazishdan kо‘zlangan maqsad talabalarni mehnat bozoriga olib kirish hamda kelajakda о‘z mutaxassisliklari bо‘yicha samarali mehnat faoliyatini olib borib jamiyatimiz ravnaqi uchun munosib hissa qо‘sha oladigan raqobatbardosh kadrlar bо‘lib yetishishlariga zamin yaratishdan iboratdir.








