Termiz davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida 1-Talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirokida “Kitob va men” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi
Tadbirda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori, filologiya fanlari doktori Hulkar Hamroeva onlayn tarzda, shuningdek shoira va jurnalist Rayhona Rahimova oflayn tarzda ishtirok etib, kitobning inson hayotidagi o‘rni, yoshlar tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati va ma’naviy kamolotidagi beqiyos o’rni haqida ma’ruza qilishdi.
Shuningdek, tadbirda ijodkor talabalar hamda ARM xodimlari o‘zlarining she’rlari va ijod namunalarini o‘qib berib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.