Joriy yilning 21-22-may kunlari “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilari teletanlovida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari munosib ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdilar.
2-o’rin – Hasanova Mushtariy Ixtiyor qizi “Xoreografiya jamoalari rahbari” yo’nalishi 2-bosqich
3-o’rin – Mushtariy G’oipova Habibulla qizi “Professional ta’lim” yo’nalishi 3-bosqich. (Pedagog: O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, dotsent Dilbar Yunusova)
3-o’rin – Turdialiyeva Madina Bahrom qizi “Professional ta’lim” yo’nalishi 3-bosqich, rus guruhi
3-o’rin – Yoqubova Zarinabonu Jamshid qizi “Professional ta’lim” yo’nalishi 3-bosqich.
Akademiy jamoasi nomidan g’oliblarimizni mukofot bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyat tilaymiz!




