Bugun, 26-may kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tayanch doktoranti Aziza Muminova va mustaqil izlanuvchilari I.Sultangirova, SH.Samandarova, M.Muxamedova, A.Adilov va S.Xо‘jametovalar О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 17.00.01 – “Teatr san’ati” ixtisosligi bо‘yicha mutaxassislik fanidan imtihon topshirdilar. Barcha tadqiqotchilar imtihon komissiyasi xulosasiga kо‘ra ijobiy baholandilar.
Akademiya jamoasi nomidan barcha tadqiqotchilarning kelgusidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!






