Akademiyada yangi o’quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida yangi o‘quv yilida 1-bosqich talabalarini munosib kutib olish, ularni akademiya muhiti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ta’lim muassasasidagi mavjud shart-sharoit va imkoniyatlar haqida keng ma’lumot berish masalalariga bag‘ishlangan tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda “Ma’naviyat va ma’rifat” hamda O‘quv bo‘limlari mas’ullari ishtirokida yangi qabul qilingan talabalar uchun moslashuv jarayonini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, 1-bosqich talabalarini akademiya hayotiga tez va samarali moslashtirish, ularga zarur ma’lumotlarni tizimli ravishda yetkazish hamda akademiyaning barcha muhim obyektlari bilan tanishtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan