Hamkorlik memorandumi imzolandi

Kuni kecha, 5-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Lyubimova Olga Borisovna hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich raisligida Rossiya va O‘zbekiston madaniyat sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Podkomissiyaning oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish doirasida Moskva davlat xoreografiya akademiyasi rektori Zaxarova Svetlana Yuryevna va O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Toxtasimov Shuxrat Mahmudovich o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
«Biz doimo tajriba almashishga ochiqmiz. Memorandumning imzolanishi akademiyalarimiz o‘rtasidagi muloqotni, eng muhimi, talabalar va pedagoglarimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Ushbu hamkorlik har ikki akademiya uchun manfaatli bo‘lib, madaniyatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik tarixining yana bir yorqin sahifasiga aylanishiga ishonaman», — dedi Moskva davlat xoreografiya akademiyasi rektori Zaxarova Svetlana Yuryevna. «Imzolangan Memorandum O‘zbekistonda xoreografik ta’limni rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlashda yangi bosqichni boshlab beradi, deb ishonaman. Hamkorligimiz uzoq muddatli va samarali bo‘lishiga umid qilaman», — ta’kidladi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori

Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan