Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori v.v.b. Sobir Jumayev boshchiligida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Nargiza Alimova hamda mas’ullar ishtirokida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
🔺 Navbatdagi o‘rganish davomida xonadonlardagi yashash sharoitlari, sanitariya-gigiyena holati, talabalarning kundalik hayoti bilan tanishildi va ularning muammo va takliflari tinglanib, zarur tavsiyalar berildi.
💠 Mazkur jarayon talabalarning munosib yashash sharoitlarini ta’minlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etishga qaratilgan.



