Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi jo‘rnavi, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibi, ustoz san’atkor Gulumboy Xalmuratovning tavallud ayyomi munosabat bilan akademiya jamoasi nomidan ustoz san’atkorni samimiy muborakbod etamiz!
💎 Ko‘p yillik samarali mehnatingiz, milliy san’atimiz ravnaqiga qo‘shayotgan munosib hissangiz, yoshlarga berayotgan bilim va tajribangiz hamda san’atga bo‘lgan cheksiz sadoqatingiz doimo e’tirofga loyiqdir.
✨ Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga fayzu baraka, doimo el-yurt ardog‘ida, shogirdlar ehtiromida bo‘ling! San’at va ijod zavqidan bahramand bo’lib ko‘nglingiz hamisha shodlik va ilhomga to‘la bo‘lsin!