Almashinuv dasturlari

AKADEMIK MOBILLIK VA ALMASHINUV DASTURLARI

            O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining akademik mobillik dasturlari xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va Akademiyaning xalqaro ta’lim hamda madaniyat makoniga integratsiyalashuvining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
            Akademik mobillik kasbiy tajriba almashish, ijrochilik va pedagogik mahoratni takomillashtirish, zamonaviy xoreografik metodikalarni o‘zlashtirish hamda o‘zbek milliy raqs san’atini xorijda targ‘ib etishga qaratilgan.

            Xorijiy talabalar uchun akademik mobillik

            Akademiya xorijiy talabalarga o‘zbek xoreografiya san’atini o‘rganish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, milliy raqs an’analari va uni o‘qitish metodikalari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etadi. Ta’lim jarayoni xoreografiya sohasidagi malakali pedagoglar va yetakchi mutaxassislar rahbarligida amalga oshiriladi.
            Akademik almashinuv doirasida talabalar quyidagi fanlarni o‘rganishlari mumkin:
• o‘zbek milliy raqsi, jumladan, turli hududiy raqs maktablari va ijro uslublari;
• klassik va xalq-sahna raqsi;
• tarixiy-maishiy, estrada va zamonaviy raqs;
• o‘zbek xoreografiyasi tarixi hamda uning atoqli namoyandalarining ijodiy merosi.
            Alohida e’tibor «Xoreografik jamoalar rahbari» ta’lim yo‘nalishiga qaratilib, ushbu yo‘nalishda xoreografik faoliyatni tashkil etish, o‘qitish metodikasi va raqs jamoalarini rivojlantirish masalalari o‘rganiladi.

            Akademiya talabalarining xorijda akademik mobilligi
            O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari amaldagi hamkorlik shartnomalariga muvofiq xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarining akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega.
            Xorijda ta’lim olish talabalarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va innovatsion xoreografik metodikalarni o‘zlashtirish, shuningdek, xoreografiya san’ati sohasida xalqaro tajriba almashishga xizmat qiladi.

            Doktorantlar uchun ilmiy-amaliy stajirovkalar
            Akademiya xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar doktorantlarini belgilangan tartib hamda hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq ilmiy-ta’limiy stajirovkalarga qabul qiladi.
            Stajirovkalar ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish, akademik tajriba almashish hamda xoreografiya san’ati nazariyasi, tarixi, metodikasi va amaliyotining dolzarb masalalarini o‘rganishga qaratilgan.

            Xalqaro hamkorlik
            O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, madaniyat va san’at tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish hamda talabalar, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan manfaatdor.

 

 

 

Talabalar akademik mobilligi

Akademik mobillik doirasida 2026–2027 o‘quv yilining kuzgi semestrida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari O‘zbekiston raqs san’ati ijodiy birlashmasi ko‘magida Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasining «Xoreografiya san’ati pedagogikasi» ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olmoqdalar.

Ta’lim jarayoni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum asosida tashkil etilgan.

🇰🇿Ayni paytda, Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasida O’zDXA «Xoreografiya jamoalari rahbari» ta’lim yo‘nalishi talabalaridan Umarova Lobar Jamshidovna hamda Rudneva Anastasiya Andreyevna ar
tahsil olmoqda.

Bir semestr davomida talabalar kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish, shuningdek, xoreografiya san’ati sohasida mutaxassislar tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Akademik mobillik — xalqaro tajriba, kasbiy rivojlanish va yangi imkoniyatlar sari muhim qadamdir.